Marmush "Aston Villa"ga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
"Aston Villa" "Manchester Siti"ning 26 yoshli misrlik hujumchisi Omar Marmushni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. "Aston Villa" APL peshqadamlari safida qolish imkoniyatini oshirish uchun hujum chizig'ini kuchaytiradigan futbolchi qidirmoqda.

Marmush 2025 yilda "Ayntraxt"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum klub safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk