Marko Stanoevich: “Bugun barcha xursand bo'ldi”

Alisher
21 okt 2021
OFK Kubogi-2021 yarim final “Nasaf” – “Li Man” uchrashuvidan so'ng Marko Stanoevich bellashuv haqida o'z fiklarini bildirib o'tdi.

“O'yinni yaxshi boshlagan edik. Birinchi bo'limda kerakli barcha ishni qilgandik. Ammo ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berildik. Buni xotirjamlik deb ham bo'lmaydi. Tezkor gol o'tkazib yubordik. 

Shunga qaramasdan o'yinni nazorat qildik. Uchrashuv so'ngida gol urishga erishdik va g'alaba qozondik. O'zimizni, rahbariyatni va albatda muxlislarimizni xursand eta oldik. 

Barchani finalga chiqqanimiz bilan tabriklayman”, - deydi Stanoevich. 


AlisherMuallif
Manba: fcnasaf.uz