Mark-Andre ter Shtegen "Granada"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi?

Sherzod Nurmatov
5 fev 2024, 15:49
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen belidagi jarohatidan deyarli forig' bo'ldi.

"Diario AS" xabariga ko'ra, germaniyalik darvozabon La Liganing 24-turidan o'rin olgan "Granada"ga qarshi o'yinda "Barselona"ning asosiy tarkibida maydonga tushadi. 

Ushbu o'yin 11 fevral kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FC Barcelona Noticias