"Manchester Yunayted"ning yangi transfer maqsadi ma'lum qilindi

Alisher
9 avg 2022, 14:37
Sevilyaning "Betis" klubi yarim himoyachisi Gido Rodriges Angliyaga yo'l olishi mumkin.

28 yoshli argentinalik bilan shartnoma imzolashga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" o'rta chiziqni kuchaytirishmoqchi va turli xil variantlarni ko'rib chiqishmoqda. Manchesterliklar short-listidan shuningdek Sergey Milinkovich-Savich va Adrien Rabo o'rin egallagan.

Transfermarkt Rodrigesni 25 million evroga baholamoqda. Futbolchining ispan klubi bilan kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Gido o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS