

TEAMtalk xabar berishicha, "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Vest Xem Yunayted" va "Tottenxem" klublari "Lans"ning 23 yoshli yarim himoyachisi Mamadu Sangareni kuzatmoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, yuqoridagi klublar Sangare Mali terma jamoasi tarkibida ishtirok etishi kutilayotgan Afrika Millatlar kubogi yakunlangandan so'ng, futbolchiga rasman qiziqish bildirishi mumkin. Mazkur turnir 21 dekabrdan 18 yanvargacha davom etadi.
Joriy mavsumda Sangare barcha musobaqalarda 21ta o'yinda ishtirok etib, 1ta gol urdi va 1ta gol uzatmasini amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 15 million evroni tashkil etadi. "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Liga 1 yarim himoyachisi uchun kurashishi kutilmoqda.



