"Manchester Yunayted" shov-shuvli qadam tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
5 mar 2026, 13:46
"Nyukasl"ning ikki yetakchisi yozdayoq klubini almashtirishi mumkin.

Angliya grandi "Manchester Yunayted" markaziy chiziqni "Nyukasl" yarim himoyachilari Sandro Tonali va Bruno Gimaraes hisobiga kuchaytirish imkoniyatini o'rganmoqda.

"Topskills Sports UK" ma'lumotlariga ko'ra, mankunianlar vakillari ikki futbolchining ehtimoliy transfer shartlari bo'yicha dastlabki so'rovni allaqachon yuborgan.

Xabar qilinishicha, futbolchilarning kelajagi ko'p jihatdan mavsum yakuniga bog'liq. Agar "Nyukasl" Chempionlar Ligasiga yo'llanma ololmasa, klub yozgi transfer oynasida o'zining asosiy ijrochilari bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishi mumkin.

25 yoshli Tonali va 28 yoshli Gimaraes "hakkalar"ning markaziy chizig'ida eng muhim figuralardan bo'lib qolmoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, ularning har birining bozor qiymati 75 mlg evro deb baholangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Topskills Sports UK