"Manchester Yunayted" Roxoga narx belgiladi

Alisher
25 may 2020
"Manchester Yunayted" yozda himoyachi Markos Roxo borasidagi takliflarni eshitishga tayyor.

Klub xo'jayinlari argentinalik futbolchining transferidan 12 million funt sterlingdan kam pul ishlashmoqchi emaslar.

Murabbiylar shtabi ham yangi mavsum uchun Roxoga ishonch bildirishmaydi va shu sabab MYU u bilan xayrlashishga tayyor.

Himoyachi uchun "Estudiantes" va "Boka Xuniors" klublari davogarlik qilmoqda.

Roxo joriy mavsum MYU safida APLda 2ta, Yevropa Ligasida esa 4ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph