

"Manchester Yunayted" Angliya Kubogining uchinchi bosqichida (APL jamoalari uchun ilk bosqich) "Brayton"ga 2:1 hisobida yutqazdi. Shu tariqa "Qizil iblislar" klubning 44 yil avvalgi eng yomon rekordini takrorladi.
"Opta Sport" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" 1981/82 mavsumidan beri birinchi marta Angliya Liga Kubogi va Angliya Kubogining birinchi o'yinidayoq mag'lub bo'ldi,
"Qizil iblislar" avvalroq Angliya Liga Kubogida quyi ligada vakili "Grimsbi Taun"ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan.



