"Manchester Yunayted" futbolchisi KPRga o'tdi

Alisher
15 avg 2022, 18:24
"Manchester Yunayted" himoyachisi Itan Lerd faoliyatini ijara asosida KPRda davom ettiradi.

Klub rasmiy sayti transfer haqida e'lon qildi. 21 yoshli angliyalikning ijara kelishuvi 5 million evroni tashkil etadi.

Lerd MYUning asosiy jamoasida umumiy 4ta o'yin o'tkazgan.

Lerd o'tgan mavsumni ijara asosida "Bornmut" va "Suonsi" jamoalarida o'tkazdi. U barcha musobaqalarda 27ta o'yinda 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: manutd.com