"Manchester Yunayted" "Atletiko" xavbekini sotib olishi mumkin

Alisher Ostonov
28 sen 2025, 18:50
"Atletiko" xavbeki Konor Gallaxer APLga qaytishi mumkin.

Futbolchining transferini "Manchester Yunayted" ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, "qizil iblislar" Gallaxerni "Brayton" vakili Karlos Balebaga muqobil sifatida short-listga kiritgan.

Konor Gallaxer joriy mavsumda "Atletiko" safida 8 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Bungacha futbolchi "Suonsi" "Vest Bromvich", "Kristal Pelas" va "Chelsi" sharafini himoya qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sunday Express