"Manchester Yunayted" Amir Ibragimov bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
3 apr 2025, 23:46
Amir Ibragimov ijtimoiy tarmoqlarida "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Bu uning faoliyatidagi ilk professional shartnomasiga aylandi. 2024 yil oxirlarida futbolchi va klub professional kelishuv imzolanishi borasida kelishuvga erishgandi.

Ibragimovning mashg'ulotlari asosiy tarkib murabbiylar shtabiga maqul kelgan.

Amir 11 yoshligida oilasi bilan Buyuk Britaniyaga ko'chib borgan. Dog'istonlik futbolchida Rossiya fuqaroligi bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com