"Manchester Siti"ni yana bir himoyachisi tark etishi mumkin

Khoja
23 avg 2025, 07:30
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.

Niderlandiyalik himoyachiga "Everton" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati futbolchining agentlari bilan dastlabki muzokaralarni olib borishgan. 

Futbolchining transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda. 

30 yoshli himoyachi "Manchester Siti"da 2020 yildan beri faoliyat olib boradi.  U "shaharliklar" safida jami 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va yana 3 ta golga assistlik qilgan.


KhojaMuallif
Manba: skysport