"Manchester Siti"ning "ustuni" yozda jamoani tark etadi

Khoja
9 okt 2024, 10:26
"Manchester Siti" sport direktori Chiki Begiristayn yozda jamoani tark etishini ma'lum qildi.

Mutaxassis 2012 yildan beri "shaharliklar" safida faoliyat olib borayotgandi. Aynan u 2016 yilda Pep Gvardiolani jamoaga olib kelishga erishgandi.

Ma'lumot uchun, "Man Siti" Chiki Begiristayn boshqaruvida 7 marta APLda chempion bo'ldi. Shuningdek, 2 marta Angliya kubogini, 6 marta Liga kubogini, 1 martadan ECHL, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda zafar quchgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com