"Manchester Siti" Kovachich uchun taklif jo'natdi

Mirjalol Normatov
21 iyun 2023
"Manchester Siti" o'z tarkibiga "Chelsi"dan Mateo Kovachichni qo'shib olmoqchi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, "shaharliklar" 29 yoshli futbolchi uchun 25 mln funt taklif qilgan. Oldinroq London klubi shartnomasi bir yil qolgan futbolchisiga "Manchester Siti" bilan muzokaralar o'tkazishiga ruhsat bergandi.

O'tgan mavsumda xorvatiyalik xavbek APLning 27 o'yinida 1 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic