"Manchester Siti" "Groningen" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
19 mar 2021, 14:47
"Groningen" yarim himoyachisi Gabriel Gudmundsson faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli shvetsiyalik futbolchi uchun "Manchester Siti" davogarlik qilmoqda.

Gudmundsson joriy mavsum Niderlandiya chempionati doirasidagi 19ta o'yida maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.

Futbolchi "Groningen"ga 2019 yilda "Xalmstad"dan kelgan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato