"Manchester Siti" futbolchisiga Turkiyadan qiziqish bor

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2026
Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi hujumchisi, misrlik Omar Marmush joriy oyda "Galatasaroy"ga taklif qilindi.

Bu haqda jurnalist Haber Sarikirmizi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Misr terma jamoasining mashhur futbolchisi faqat ijara asosida o'tishga tayyor.

Shuningdek, unga Londonning "Tottenxem" va Birmingemning "Aston Villa" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli futbolchi "shaharliklar"ga Antuan Semenoning qo'shilishi ortidan asosiy tarkibdagi joyini yo'qotgan.

Avvalroq Marmush "Siti"dan ketmoqchi emasligi aytilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: habersarikirmizi.com