“Manchester Siti” 19 yoshli darvozabonni ijaradan qaytardi

23 avg 2018, 07:23
“Manchester Siti” ijaraga berib yuborilgan 19 yoshli darvozaboni Ariyanet Murichni ortga qaytardi.

Gap shundaki, “shaharliklar”ning zaxira posboni Klaudio Bravo jiddiy jarohat olib safdan chiqdi va bir necha oy davomida u jarohatini davolaydi.

Murich iyul oyining oxirida Gollandiyaning NAK jamoasiga ijaraga berilgan va u allaqachon Gollanidiya chempionatida 1 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgandi.

“Manchester Siti” rahbariyatining barcha futbol loyihalari boshqaruvchisi hisoblangan City Football Group kompaniyasi NAK jamoasiga yangi darvozabon topishga ko'maklashishini bildirdi.


Manba: sports.ru