Manba: "Real" va PSJ Mbappe transferi bo'yicha kelishuvni yopishdi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023, 14:05
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelasi hafta "Real"ga o'tadi, deya xabar berdi jurnalist Francua Gallardo.

Manba bergan xabarga ko'ra, tomonlar 24 yoshli hujumchining transferi bo'yicha kelishuvning barcha shartlarini kelishib olgan. Transfer summasi oshkor qilinmagan.

2017 yilning avgustida PSJ Mbappeni "Monako"dan ijaraga olgandi, bir yil o'tib esa hujumchini 180 million evroga sotib oldi.

Parijliklar bilan birga futbolchi besh marta Fransiya chempioni bo'ldi, uch marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi va ikki martadan mamlakat Superkubogi va Fransiya Liga Kubogini qo'lga kiritdi. Hujumchi PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purar (212 ta gol) ham sanaladi.

U 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/F_GallardoTV