Malkom PSJga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023
"Zenit" yetakchisidan ayrilmoqda.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, PSJ Malkomni sotib olishga yaqin turibdi. Braziliyalik vinger mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan "Zenit"dan Parij klubiga ijaraga o'tadi.

PSJga hujum chizig'ida rotaciyani amalga oshirish uchun futbolchi kerak edi. Parijliklarning uch nafar yetakchi hujumchisi jahon miqyosidagi yulduzlar Lionel Messi, Killian Mbappe va Neymardir. PSJ bor e'tiborini Malkomga qaratdi, chunki "Lion"dan Rayan Sherkini olish bir muncha qiyin bo'lmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe