Malkom Mbappe sabab "Al Hilol"da o'ninchi raqamni olmadi

Alisher
27 iyul 2023
Braziliyalik hujumchi Malkom "Al Hilol" klubi rahbariyatining PSJ forvardi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash umidi sabab, jamoada o'ninchi raqamni olmadi.

Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda. Kecha "Al Hilol" Malkomning o'tishi haqida e'lon qilgandi. Saudiya Arabistoni klubi o'yinchining 77-raqamda o'ynashini ma'lum qildi.

Malkom "Zenit" safida umumiy 109 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol va 24 ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen