Maldini "Atalanta"ga o'tdi

Alisher
2 fev 2025
"Monca" yarim himoyachisi Daniel Maldini "Atalanta"ga o'tdi.

Bu haqda bergamoliklar matbuot xizmati xabar bermoqda. "Milan" tarbiyalanuvchisi 2024 yilda "Monca"ga o'tgandi. U jamoa safida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali Paolo Maldinining o'g'lini 6 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: atalanta.it