

35 yoshli futbolchi so'nggi mavsumni "Neftchi"da o'tkazgandi.
Yarim himoyachi faoliyati davomida "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Felda Yunayted" (Malayziya), OKMK va "Neftchi" jamoalarida harakat qilgan.
Endilikda To'raev "Neftchi" murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi.
To'raev shu paytga qadar ko'plab yutuqlarga erishgan, jumladan, "Bunyodkor" bilan O'zbekiston chempioni, "Lokomotiv" va OKMK bilan Kubok sohibiga aylangan.



