Lukaku o'zining ideal vazni qanchaligini aytdi

Mirjalol Normatov
7 mar 2025
"Napoli" hujumchi Romelu Lukaku o'zining ideal vazni 100 kilogrammdan oshishini aytdi.

"Inter"da 101 kilogramm edi, bu yerda, "Napoli"da 99 kilogramman. Ideal vaznim 102 kg. Ertalab turganimdan keyin hech nima emayman va dietaga qatiy amal qilaman.

Angliyada meni noto'g'ri qabul qilishdi. U yerdagilar meni dangasa deb atashdi. Ha, men tanqidlarga e'tibor bermayman. Kam gapiraman va voqeliklarga kam reakciya ko'rsataman. O'z ishimni qilib, oilamga, farzandlarim yoniga qaytaman.

Italiyada men haqimda umuman boshqacha fikrda. Bu yerdagilar meni mehnatsevar deb atashadi", - dedi Lukaku.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport