Romelu Lukaku dekabrgacha maydonga qaytmaydi

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025
Hujumchining bugungi kundagi holati qanday?

"Napoli" futbol klubi hujumchisi Romelu Lukaku son jarohati olganidan keyin faqatgina joriy yilning dekabr oyidan boshlab yana o'yinlarda qatnashishi mumkin bo'ladi. Football Italia tarqatgan ma'lumotga ko'ra, klub tibbiy shtabi avvalroq uning noyabrda safga qaytishi mumkinligini taxmin qilgan edi.

Qayta o'tkazilgan kompleks tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, Lukaku faqat qishning ilk oyida to'liq mashg'ulotlar va o'yinlarga qaytishi mumkin. Lukaku bilan "Napoli" o'rtasidagi shartnoma 2027 yil yozigacha amal qiladi. Futbolchining transfer bahosi hozirgi paytda 22 million evroni tashkil etadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Football Italia