Luis Felipe "Lacio" bilan xayrlashadi va ispan klubiga o'tadi

Alisher
27 fev 2022, 11:25
Braziliyalik himoyachi mavsum so'nggida "Lacio"dan ketadi va erkin agent maqomida "Betis" safiga qo'shiladi.

Shartnoma 2026 yilga qadar mo'ljallanadi. Bu 24 yoshli futbolchi uchun yangi tajriba bo'ladi - u Braziliyadan kelganidan beri faqat Italiyada o'ynagan.

Luis Felipe 2016 yilda "Lacio"ga kelgan, ungacha "Ituano"da harakat qilgan.

U 2016/17 yilgi mavsumni "Salernitana"da o'tkazgan, shundan so'ng "Lacio"ga qaytgan va o'shandan beri asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes