

Bu haqda insayder Ekrem Konur o'z "X" sahifasida xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli futbolchi nafaqat "qirollik klubi", balki Angliyaning "Chelsi" va "Nyukasl" jamoalari e'tiborida ham turibdi. Sevilya klubi o'z himoyachisini 40-50 million evro atrofidagi mablag' evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Natanning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali braziliyalikni 20 million evroga baholamoqda, biroq sevilyaliklar undan ancha ko'p daromad qilishni ko'zlashgan.
Eslatib o'tamiz, La Liganing 21-turidan so'ng "Real" 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan bir ochkoga ortda qolmoqda. "Betis" esa 32 ochko bilan 6-pog'onani egallab turibdi.



