"Lokomotiv" nazorat uchrashuvida "Dinamo"dan ustun keldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2025
Jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Toshkentdagi TTYMI stadionida "Lokomotiv" va Samarqandning "Dinamo" klublari nazorat uchrashuvi o'tkazishdi. 

Qiziqarli bellashuv 2:0 hisobida toshkentliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. 


"Nazorat o'yinlaridagi mag'lubiyatsiz seriya davom etadi", - deb izoh qoldirdi "Lokomotiv" futbol klubi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Qayd etish lozim, "Lokomotiv"ning ushbu seriyasi 4 o'yindan iborat bo'lib, bu oraliqda "temiryo'lchilar" 3 g'alaba va 1 durang qayd etishdi. 


Nazorat o'yini. Toshkent
"Lokomotiv" - "Dinamo" - 2:0

Gollar: Muhriddin Zoirov 18, Shodiyor Shodiboev 83.
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

"Lokomotiv": Rahimjon Davronov, Vladimir Kozak, Nikola Popovich, Levan Arveladze, Muhriddin Zoirov, Akaki Shulaya, Jasur Hakimov, Abdulloh Yo'ldoshev, Davron Hoshimov, Anzur Ismoilov, Momchilo Rasho.
Zaxiradan maydonga tushganlarShodiyor Shodiboev, Ozodbek O'ktamov, Artyom Miftiev, Azamat Komilov, Sayiddin Mavlonov.

"Dinamo": Sarvar Karimov, Oleksandr Kucherenko, Ulug'bek Abdullaev, Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, Jaloliddin Jumaboev, Ratino, Duglas Maykon, Marko Stanoevich, Sanjar Qodirqulov, Mirjahon Mirahmadov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Edem Nemanov, Vohidjon Oqbo'taev, Xislat Xalilov, Anvarjon Hojimirzaev.

 




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia