"Lokomotiv" Boyan Naydenovning transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
23 dek 2022
"Lokomotiv" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

"Jamoa yarim himoya markazi shimoliy makedoniyalik tajribali futbolchi Boyan Naydenov bilan to'ldiriladi.

Oldimizda bizni qiyin o'yinlar kutib turibdi, klub rahbariyati jamoa tarkibida yosh va tajriba uyg'unligini birlashtirish, shu yo'l orqali Superligaga qaytishni reja qilmoqda.

Bu yo'lda Boyan Naydenov jamoamizning asosiy bo'lagi bo'lishi shubxasiz!", - deb yoziladi klub matbuot xizmati bayonotida.

Eshitdik-da! "Navbahor"ning sobiq legioneri "Lokomotiv"ga o'tmoqda


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати