"Lokomotiv" belaruslik xavbekka ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025
Toshkentning "Lokomotiv" klubi "Slaviya" Mozir yarim himoyachisi Nikolay Ivanovga davogarlik qilmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, "temiryo'lchilar" belaruslik yarim himoyachi bo'yicha taklif yuborgan.

25 yoshli Ivanov joriy mavsum belarusliklar tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali o'yinchini 500 ming evroga baholagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bel inside