"Liverpul" va "Manchester Yunayted" Osiyoda o'yin o'tkazadi

Оқил Абдубарноев
31 mar 2022, 23:13
Bangkokda "Liverpul" va "Manchester Yunayted" o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'yin 12 iyul kuni Tailand poytaxtidagi "Rajamangala" stadionida bo'lib o'tadi. Klublar mahalliy ijtimoiy va madaniy loyihalarda ham ishtirok etadi.

"Yunayted" "Liverpul" bilan o'yindan tashqari, safar doirasida yana ikkita o'yin o'tkazadi. Mankunianliklar 15 iyul kuni Melburnda mahalliy "Melburn Viktori" jamoasi bilan, 19 iyul kuni esa xuddi shu shaharda "Kristal Pelas" bilan to'qnash kelishadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: liverpoolfc.com