

Kolumbiyalik hujumchiga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Lissabon klubi 28 yoshli hujumchini yaxshi narxga qo'yib yuborishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, Suares o'tgan yilning yozida "Sporting"ga "Almeriya"dan ko'chib o'tgandi. O'shanda portugaliyaliklar hujumchi uchun 23 million evro to'lashgan.
Joriy mavsum hujumchi barcha musobaqalarda 42 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 33 ta tol va 6 ta assist bor.




