“Liverpul” Liga 1 klubidan hujumchi sotib olmoqchi

2 avg 2019, 07:56
“Liverpul” “Bordo”ning gvineyalik hujumchisi Fransua Kamanoni jamoaga olib kelishni istamoqda.

“Qizillar” Kamano uchun 15 mln funt to'lashga tayyor. Bundan tashqari “Bordo” uning natijalaridan kelib chiqib, yana 5 mln funtga ega bo'lishi mumkin.

Fransua o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Manba: The Sun