"Liverpul" lideri eski jarohatini qaytalab oldi

Sherzod Nurmatov
20 fev 2024
Muhammad Saloh "Luton"ga qarshi o'ynamaydi.

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh eski jarohatini qaytalab oldi, deya xabar bermoqda "Kora Plus".



Xabar berishlaricha, 31 yoshli misrlik 21 fevral, chorshanba kuni bo'lib o'tadigan "Luton"ga qarshi uy uchrashuvida maydonga tushmasligi ma'lum bo'ldi. Saloh "Liverpul"ning jarohatdagi to'qqizinchi futbolchisiga aylandi.

Muhammad Saloh joriy mavsum "Liverpul" safida 28 ta o'yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kora Plus