"Liverpul" afsonasi olamdan o'tdi

15 noya 2020, 23:08
"Liverpul"ning afsonaviy darvozaboni Rey Klemens 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda "qizillar"ning tvittyerdagi sahifasi ma'lum qildi:

"Dunyoning eng buyuk darvozabonlaridan biri Rey Klemans vafot etdi. Barchamiz Reyning oilasi va do'stlari bilanmiz. Joyi jannatda bo'lsin".

Ma'lumot uchun, Klemens faoliyati davomida "Skarpton Yunayted" (1965-1967), "Liverpul" (1967-1981) va "Tottenxem" (1981-1988) darvozasini muvaffaqiyatli qo'riqlagan. U "qizillar" bilan 5 karra Angliya chempionatini, 2 bor mamlakat kubogini yutgan va xalqaro maydonda 3 marta Yevropa chempionlar kubogi va UEFA kubogi qo'lga kiritilishiga munosib hissa qo'shgan edi.


Manba: liverpoolfc.com