"Liverpul" 18 yoshli himoyachini 35 million evroga sotib oldi

Mirjalol Normatov
15 avg 2025
Jovanni Leoni "Liverpul"ga o'tdi.

Mersisayd klubi 18 yoshli himoyachi uchun "Parma"ga 35 million evro to'lagan. Tomonlar o'rtasida 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Leoni "Liverpul"da 15-raqam ostida harakat qiladi.

Leoni o'tgan mavsumda A Seriyaning 17 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

Futbolchiga "Inter", "Milan", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" kabi klublar ham davogarlik qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com