

“Real Madrid” – “Alaves” 2:1
Gollar: 30 - Kilian Mbappe, 50 - Vinisius Junior, 90+3 - Toni Martines
“Real Madrid”: 13. Andrey Lunin, 3. Eder Militao (22. Antonio Ryudiger, 45+2’), 14. Orelen Chuameni (6. Eduardu Kamavinga, 63’, 12. Trent Aleksander-Arnold (2. Daniel Karvaxal, 63’), 24. Din Xyoysen, 18. Alvaro Karreras, 8. Federiko Valverde, 5. Jud Bellingem (21. Braim Dias, 57’), 10. Kilian Mbappe, 7. Vinisius Junior, 15. Arda Gyuler (30. Franko Mastantuono, 57’).
Zaxira: 43. Serxio Mestre, 4. David Alaba, 20. Fran Garsiya, 23. Ferlan Mendi, 19. Daniel Sebalos, 45. Tyago Pitarch, 16. Gonsalo Garsiya.
“Alaves”: 1. Antonio Sivera, 7. Anxel Peres, 17. Xonni Otto, 14. Nauel Tenalya, 24. Viktor Parada, 3. Yussef Enrikes (20. Kalebe, 66’), 8. Antonio Blanko, 18. Xon Guridi (10. Karles Alenya, 58’), 4. Denis Suares (19. Pablo Ibanes, 58’), 11. Toni Martines, 15. Lukas Boye (22. Ibraim Dyabate, 66’).
Zaxira: 13. Raul Fernandes, 31. Greguar Sviderski, 5. Xon Pacheko, 16. Ville Koski, 27. Egoic Munos, 6. Ander Gevara, 9. Mariano Dias, 34. Aytor Manyas.
Ogohlantirishlar: 35 - Orelen Chuameni, 90 - Anxel Peres
🕘 90+4. O'yin yakunlandi.
⚽️ 90+3. GOL! Toni Martines hisobni qisqartirdi! Ketma-ket ikkita zarba berildi, dastlabkisini Lunin qaytardi, ammo Tonining zarbasi aniq bo'ldi.
90+2. Vinisius raqib jarima maydonchasiga yorib kirib zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
89. So'nggi daqiqalarda mehmonlar juda faollashdi. Ketma-ket hujum va standart vaziyatlarga ega bo'lmoqda jamoa.
85. Yana bir zarba Alenyadan! Bu safar to'p rekoshet sabab maydon tashqarisiga chiqib ketdi…
82. Xavfli vaziyat! Alenyaning bosh bilan bergan zarba natijasida to'p darvozaga kirmadi…
77. Toni Martinesning uzoqdan tepgan to'pini Lunin qaytardi!
67. Har ikki jamoa tarkibida ham o'zgarishlar amalga oshirildi qator.
51. Madridliklar bo'lim boshidan tezkor gol urib, masalani deyarli hal qilib ulgurdi. Buyog'iga ko'ramiz, kim qanday harakat qilarkin.

⚽️ 50 GOL! Vinisius hisobni ikkitaga oshirdi! Mbappening uzatmasidan so'ng Vini darvozaga zarba berib, gol urdi!
49. Yaxshi boshlandi bo'lim. Temp yaxshigina yuqori.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlanii.
45+7. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+6. Vinisius Mbappeni oldinga boshladi, fransiyalik hujumchi birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi, ammo u darvozabon oldinga chiqib ketgani bois ustidan to'pni tushirmoqchi edi, ammo zarba kuchli bo'ldi.
45+5. “Alaves”dan xavfli hujum: Martinesning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytgan bo'lsa, keyingi zarbani Lunin bartaraf eta oldi.
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
🏥 45. Eder Militao jarohat olib, o'yinning qolgan qismini qaytarolmasligi ma'lum bo'ldi.
44. Bellingemning uzatmasini Militao ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib, maydondan chiqib ketdi.
42. Mbappening zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.
34. Navbatdagi zarba Vinisiusdan! Braziliyalik futbolchi tepgan to'p darvozabonning qo'liga borib tushdi.
32. Trentdan zarba! Angliyalik futbolchining kuchli zarbasi aniq bo'lmadi…
32. Yana bir zarba Mbappedan! Bu safar Sivera to'pni qaytarib yubordi!
31. Madridliklar hisobni ochib oldi, buyog'iga mehmonlar qanday javob berishini kuzatamiz.

⚽️ 30. GOL! Mbappening zarbasi golga aylandi! Kilian tepgan to'p rekoshetga uchrab, darvoza to'ridan joy oldi!
29. Peresning jarima maydonchasi bergan uzatmasini Lunin qaytarib yubordi.
23. Trent jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq to'p “jonli devor”ga tegib, maydon tashqarisiga chiqdi.
15. Mbappe 15 daqiqa ichida ikki bor offsaydga tushib ulgurdi.
9. Navbatdagi zarba “Alaves” futbolchisidan bo'ldi - Lunin to'pni qaytardi.
8. Valverde o'tkir burchakdan zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.
7. Jud Bellingemning zarbasi rekoshetga uchrab, to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
5. O'yin yuqori tempda boshlanmadi, “Alaves” asosan qarshi hujumga tayanib o'ynamoqda.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Ispaniya La Ligasining 33-turidan o'rin olgan “Real Madrid” – “Alaves” bahsi matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



