"Lion" Matichga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
30 dek 2023
"Renn" yarim himoyachisi Nemanya Matichga "Lion" tomonidan qiziqish mavjud.

"Lion" maydon markazini kuchaytirish uchun bor e'tiborini "Renn" yarim himoyachisi Nemanya Matichga qaratdi. Hozirda futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyati ko'rib chiqilmoqda. "Lion" Matichning tajribasi va jismoniy imkoniyatlarini yuqori baholaydi.

Futbolchi "Renn"ni tark etmoqchi, biroq "qizil-qoralar" bosh murabbiyi Jyulen Stefan uni qo'yib yuborishni istamayapti.

Matich 2023 yilning yozida "Roma"dan francuz klubiga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Himoyachi joriy mavsum Liga 1 va Yevropa Ligasida 19 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golga assistentlik qildi va 7 ta sariq kartochka oldi. 

Transfermarkt portali 35 yoshli serbiyalik futbolchini 3,5 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, "to'quvchilar" 17 turdan keyin Liga 1 da 15-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe