Lineker BBC efiriga qaytishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 mar 2023
Afsonaviy futbolchi va taniqli boshlovchi Gari Lineker muhim bayonot bilan chiqdi.

"Bir necha noodatiy kunlardan so'ng bu o'tmishda qolganidan xursandman. Qoyilmaqom qo'llab-quvvatlov uchun barchangizga, ayniqsa, ajoyib birdamlik ko'rsatgan BBC Sport'dagi hamkasblarimga rahmat aytmoqchiman. Futbol – jamoaviy o'yin, lekin ularning qo'llab-quvvatlashi ayniqsa sezildi.

Men BBC'da qariyb o'ttiz yildan beri ishlayman hamda dunyodagi eng yaxshi va eng adolatli teleradiokompaniyasida ishlayotganim bilan faxrlanaman. Shu shanba kuni qaytishimni intizorlik bilan kutyapman.

O'tgan kunlar qanchalik qiyin o'tgan bo'lsa-da, bu o'z uyingizdan qochish, quvg'in yoki olis yurtdan boshpana izlash bilan solishtirganda hech narsa emas. 

Biz mehmondo'st va saxovatli mamlakat bo'lib qolyapmiz. Rahmat", – dedi Gari Lineker.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/GaryLineker