"Manchester Siti" APLning eng qimmat himoyachilaridan birini sotib olmoqchi

Khoja
6 yanv 2026
BBC muxbiri Sami Mokbelning yozishicha, "Manchester Siti" shu oyda "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexini sotib olish masalasini ko'rib chiqmoqda.

"Siti" birinchi navbatda Ruben Diash va Yoshko Gvardiolning qancha muddatga safdan chiqqani bo'yicha tibbiy ko'rik natijalarini kutadi va shunga qarab transfer masalasida harakatini boshlaydi. 

Shu o'rinda, Gvardiolning jarohati jiddiy ekanligi allaqachon tasdiqlandi: "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol katta boldir suyagi sinishi natijasida 3-6 oyga safdan chiqdi.

O'z navbatida "Kristal Pelas" ham yozda erkin agentga aylanadigan Gexini tekinga qo'yib yuborgandan ko'ra, kamroq pul evaziga bo'lsada sotib, foyda qilib olishni ko'zlamoqda.

Mark Gexining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar amal qiladi. Agar himoyachi shartnomani uzaytirmasa, u klubni tekinga tark etishi mumkin, bu harakat "Bavariya", "Real Madrid", "Barselona", "Inter", "Atletiko Madrid" va "Liverpul" kabi bir qancha Yevropa gigantlarining e'tiborini tortgan.


KhojaMuallif
Manba: BBC