Liam Rosenor: "Qo'lni yuvish borasida alohida yig'ilish o'tkazdim"

Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoa ichida shamollash virusi kezib yurganini aytdi.

Aynan ushbu kasallik tufayli Liam Delap hamda Jeymi Gittens "Arsenal"ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi.

"Bu virus boshqa murabbiy va futbolchilarga yuqqan bo'lishi mumkin. Lekin shifokorlarimiz kasallikni oldini olish uchun katta mehnat qilishmoqda.

Bugun jamoada qo'lni yuvish, infekciyani yuqtirib olmaslik borasida alohida yig'ilish o'tkazildi. Bizda juda qiyin davr, hammamiz sog'-salomat bo'lishimiz kerak", - dedi Rosenor.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail