"Levante" hujumchisi top-klublar nazariga tushdi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025, 19:32
"Barselona", "Real", MYU, "Manchester Siti" va "Arsenal" "Levante" hujumchisi Karl Etta Eyongga qiziqish bildirmoqda.

22 yoshli kamerunlik futbolchining o'zi 2026 yil yanvarda yangi jamoaga o'tish niyatida. Uning oldida esa variantlar qalashib yotibdi.

Hujumchi 2025/26 yilgi mavsum 10 da o'nta o'yinda maydonga tushib, 6 ta to'p kiritdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning "Levante" bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Mutaxassislar uni 40 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo