Lazizbek Mirzaev faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2024
Iqtidorli yarim himoyachi Lazizbek Mirzaev faoliyatini Ispaniyaning "Leganes" klubida davom ettiradi.

Bu ma'lumotni Toshkentning "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati ham tasdiqladi.

"Lazizbek Mirzaev futboldagi ilk qadamlarini "Lokomotiv" futbol maktabida Saydullo Tursunov qo'l ostida yo'lga qo'ygan bo'lib, o'z yosh toifasida O'zbekistondagi eng iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanadi.

Uning O'zbekiston U-17 terma jamoasida sardor sifatida harakat qilishi ham bejiz emas. Biz Lazizbek Mirzaevga minnatdorchilik bildirgan holda Ispaniyadagi faoliyatiga omad tilab qolamiz", - deyiladi "Lokomotiv" xabarida.

Eslatib o'tamiz, "Leganes" La Liga joriy mavsum 16-turidan keyin 15 ochko bilan 17-o'rinni egallab turibdi.

Ma'lumot uchun, Lazizbek Mirzaev "Odil Ahmedov" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shunday qilib, "Odil Ahmedov" akademiyasida tahsil olgan futbolchi birinchi marta xorij klubiga transfer qilindi.  

Lazizbek bilan eksklyuziv video-intervyuni mana bu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. 


Eshitdik-da! Lazizbek Mirzaev Ispaniya klubiga o'tishi mumkin


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia