Laporta de Yongning noroziligi haqida: "Mayamiga borish kerakmi, boramiz"

Mirjalol Normatov
9 okt 2025
"Barselona"ning AQSHda o'ynashiga norozilik bildirgan Frenki de Yong haqida klub prezidenti Joan Laporta fikr bildirdi.

Oldinroq "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvi 20 dekabr kuni Mayamida bo'lishi ma'lum qilingandi.

Kataloniya klubi yarim himoyachisi esa ushbu holatni turnir va futbolchilarga bo'lgan hurmatsizlik sifatida qiyosladi.

"O'yin o'sha erda bo'ladi - buni UEFA va LaLiga tanladi va qaror chiqardi. Bizga qayerda o'ynashimiz aytilsa, o'sha erda o'ynaymiz. Mayamiga borish kerakmi, boramiz. Futbolchilarning o'z shaxsiy fikri bor va men buni hurmat qilaman.

Bu g'oyani biz ham qo'llab-quvvatladik. AQSH - o'sib kelayotgan bozor, mavsumoldi yig'inlar orqali u erdagilar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatdik", - dedi Laporta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca