Laosdan gapiramiz

Omonjon To`xtamirzayev
19 noya 2024
Bugun terma jamoamiz JCH-2026 saralashining navbatdagi turida KXDRga qarshi bahs olib boradi.

"Shampionat.Asia" ijodiy guruhi bugungi bahsni yoritish uchun Laosga yetib keldi. Biz bir necha soat avval Laos poytaxti Vetyan shahriga yetib keldik. Nasib qilsa, Championat.Asia saytining ijtimoiy tarmoqlarida eksklyuziv kadrlarni taqdim etib boramiz. Ayni damda Ventyan shahrida havo harorati 32 daraja issiq. 

Eslatib o'tamiz, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi.

Ventyan shahridan Abdulvosit Bektemirov


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia