Lempard jamoasini APLga olib chiqdi!

"Koventri" yangi mavsumda APLda o'ynaydi.

Frenk Lempard qo'l ostidagi jamoa bugun “Blekbern” maydoniga safar uyushtirdi. Ushbu bahsda qo'lga kiritiladigan 1 ochko ham jamoani ushbu mavsum chempionship g'olibiga aylantirardi va amalda shunday bo'ldi ham.

Shu orqali “Koventri” 2001 yildan buyon ilk marta Premer-ligada ishtirok etadigan bo'ldi. Lempard esa o'tgan mavsumda 17-o'rindagi jamoani qabul qilib olib, ushbu mavsumda liga g'olibligi sari etakladi.


Manba: championat.asia