"Lans" sobiq bosh murabbiyi Angliya klubidan ketdi

Sherzod Nurmatov
3 noya 2025
"Sautgempton" bosh murabbiy Uill Still bilan xayrlashish to'g'risidagi qarorini e'lon qildi.

Endi "Sautgempton" U-21 murabbiyi Tonda Ekert vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajaradi.

33 yoshli angliyalik murabbiy Uill Still yozda jamoani qabul qilib olgandi. U 16 o'yinda faoliyat yuritdi: 4 ta g'alaba, 6 ta durang va 6 ta mag'lubiyat.

Yaqin-yaqingacha APLda muntazam ishtirok etib kelgan "Sautgempton" Chempionshipda mavsumni butunlay yomon boshladi. Jamoa 13 o'yindan so'ng 12 ochko bilan turnir jadvalida 21-o'rinda bormoqda.

Still 2025/25 yilgi mavsumda "Lans"da ishlagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: southamptonfc.com