"Lacio" 20 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi

Alisher
6 mar 2020
"Lion" "Fenerbaxche" hujumchisi Vedat Murikini nishonga oldi.

Rimliklar Kosovo terma jamoasi o'yinchisi uchun 20 million evro to'lashga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, Murikiga bundan oldin "Manchester Yunayted" davogarlik qilayotgan edi.

25 yoshli Muriki joriy mavsum Turkiya chempionatida 26ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com