La Liga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Khoja
24 mar 2026
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazovor bo'ldi.

Uning boshchiligida kataloniyaliklar mart oyida uchta g'alaba qozondi: Bilbao "Atletik"ini 1:0, "Sevilya"ni 5:2 va "Rayo Valekano"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Oxirgi ovoz berishda 61 yoshli nemis mutaxassisi Diego Simeone (ikki g'alaba va bir mag'lubiyat) hamda Luish Kashtru (ikki durang va bir g'alaba)ni ortda qoldirdi.

Ispaniya chempionatining 29-turidan keyin kataloniyaliklar 73 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rindagi "Real"idan farqi to'rt ochkoni tashkil qiladi.


KhojaMuallif
Manba: Marca