Kurt Zumaning uyiga o'g'ri tushdi

Mirjalol Normatov
5 dek 2023
"Vest Xem" himoyachisi Kurt Zumaning uyida talonchilik amalga oshirildi.

2 dekabr oqshomida futbolchining uyiga o'g'rilar hujum qildi. U paytda futbolchi va uning oilasi uyda bo'lgan, biroq ular hech nimani sezishmagan.

Uydan pullar, qimmatbaho jihozlar va ko'plab nodir buyumlar olib chiqib ketilgan. Umumiy zarar 3 mln evroni tashkil qiladi.

Hech kim jarohat olmagan. Policiya tergov ishlarini olib bormoqda.

Zuma 2021 yilda "Chelsi"dan "Vest Xem"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal