Kristian Eriksen "Brentford" bilan mashg'ulotlarni boshladi

Mirjalol Normatov
7 fev 2022, 23:29
Daniyalik futbolchi yangi jamoasiga borib qo'shildi.

Klub matbuot xizmatining xabariga kzra, Eriksen jamoa bilan ilk mashg'ulotini olib borgan. Daniyalik futbolchi klub bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan. Uni yana bir yilga uzaytirish imkoni bor.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilning yozida futbolchi Finlyandiya - Daniya uchrashuvi vaqtida xushidan kyetib yiqilgan va yuragi to'xtab qolgandi. Shundan keyin uning yuragiga kardiostimulyator o'rnatilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/brentfordfc